Dunyo kutilmagan hodisalarga töla sandiqqa öxşaydi. Uning içiga kirsang, özing kutmagan holatlarga duç kelaverasan. Ularning ayrimlari seni xafa qilsa, boşqasi xursand qiladi. Natijada hayotiy tajribang oşib, bu işlardan bir hikmat qidirişga tuşasan.

Facebook ijtimoiy tarmoğidagi “Voditeli Taşkenta” guruhining Şerzod Kasimov ismli foydalanuvçisi öz hayotida sodir bölgan ana şunday holatlardan birini guruh foydalanuvçilari e'tiboriga havola etdi.

Şerzodning aytişiça, u kuni keça soat tonggi 7:20da maşinasida qayoqqadir ketayotgan vaqtda közi yöl çetida munğayib turgan bolaga tuşadi. Şerzod uning yonida töxtab, bolani maşinaga çiqarib oladi. Yölma yöl bola bilan suhbatlaşib ketiş barobarida uni közdan keçiradi. Bolaning muzlagan qöllari va ularda uşlab olgan 500 söm pul haydovçining e'tiborini öziga tortadi. Şerzodning aytişiça, bola unga yarim soatdan beri yöl yoqasida turgani, şu vaqt oraliğida birorta ham maşina töxtamaganini gapirib beradi.

Guruhda e'lon qilingan uşbu post, foydalanuvçilarning keng muhokamasiga sabab böldi. Köpçilik bu işda bolaning ota-onasini beparvolikda ayblaşgan. Saharmardondan köçaga çiqib olgan, buning ustiga qölida 500 söm uşlab olgan bolaning holatiga köpçilik açingan, haydovçining muruvvatiga tan berişgan.

Bola nega bu holatda köçada turgan, qayerdan çiqib qayerga ketgan Şerzod Kasimov bunga oydinlik kiritmagan. Faqatgina voqeaga taalluqli fotosuratlarni ilova qilgan.   

“Hurmatli haydovçilar, yoş bolalar va yoşi kattalarga himmat körsataylik, e'tiborli bölaylik. Ayniqsa, şunday sovuq kunlarda...”, deb yozadi u.

Şerzodning gaplarida jon bor. Inson öz nomi bilan inson. Uning qadri barça narsadan yuqori turadi. Uşbu vaziyatga xolis yondaşiladigan bölsa, bola tomonidan qanday vaziyat ekanligi barçaga qoronği, ammo uning yöl çetida, izğirin sovuqda yarim soatlab turişi va öşa yöldan ötayotgan maşinalarning birortasi töxtamasligi holatning oçiq körinişidir. Biror kişiga qilingan har bir yaxşilik, albatta, yuz bölib qaytadi. Bu dunyoda... Oxiratda-ku, buning savobi çeksiz. Şu sabab, azizlar, keling, bir-birimizga suyanç, mehribon va muruvvatli bölaylik.