Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Xalqaro Qizil Xoç qömitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi örtasida özaro anglaşuv va hamkorlik töğrisida memorandum imzolandi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Özbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri örinbosari Muzaffar Soliyev, Xalqaro Qizil Xoç qömitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Jan-Jyerom Kasabyanka va boşqalar ikki tomonlama hamkorlikda harbiy şifokorlarni tayyorlaş, harbiy xizmatçilarning xalqaro harbiy va gumanitar huquq sohasidagi malakasini oşiriş böyiça erişilgan yutuqlarga yuqori baho berdi.
2007 yildan buyon Özbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan Xalqaro Qizil Xoç qömitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda 40dan ortiq qöşma loyiha amalga oşirildi. Jumladan, harbiy şifokorlar va Toşkent tibbiyot akademiyasining harbiy-tibbiyot fakulteti kursantlari uçun maxsus öquv dasturlari işlab çiqildi.
Özaro anglaşuv va hamkorlik töğrisida memorandum tomonlarning hamkorligini yanada mustahkamlaş yönalişlarini belgilab beradi. Bu Özbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilarini tayyorlaş va öqitiş dasturlari uçun zarur taklif va tavsiyalar işlab çiqişga xizmat qiladi. Şu maqsadda anjumanlar, davra suhbatlari, turli öquv seminari va treninglar ötkazilişi rejalaştirilgan. Bundan taşqari, Xalqaro Qizil Xoç qömitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan öquv materiallari, hujjat va adabiyotlar taqdim etiladi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Xalqaro Qizil Xoç qömitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi örtasida harbiy şifokorlarni tayyorlaş böyiça hamkorlikni yanada mustahkamlaş masalalari muhokama etildi.








