Hindiston hukumatining iqtisodiy maslahatçisi ötgan haftada mamlakatda kafolatlangan asosiy daromadni amalga tatbiq etiş masalasini ilgari surdi. Bu haqda The Guardian naşri xabar berdi.
 
Arvind Subramanyanning sözlariga köra, ğoyani hayotga tatbiq etiş vaqti keldi – uni “darhol amalga oşirmasa ham, jiddiy muhokamadan ötkaziş lozim”. 

Hindiston iqtisodiyotni isloh etiş imkonini körib çiqayotgan yagona davlat emas. Finlyandiyada yanvar oyida işsizlarga har oyda 560 yevro miqdorida mablağ tölab beriş böyiça tajriba start oldi. Bundan taşqari, bunday loyihalarni Italiya, Niderlandiya va Şotlandiyada ham qöllab köriş haqida rejalar bor. Biroq kafolatlangan asosiy daromad aynan Hindistonga köp jihatdan mos – bu yerda har beşinçi fuqaro qaşşoqlikda hayot keçiradi.

Mamlakatda kafolatlangan tölovlar böyiça tajribalar avval ham ötkazilgan: mamlakatning Madxya-Pradeş ştatida taxminan 9 ming kişi har oyda 300 rupiydan olgan va bu tajriba 18 oy davomida qöllanildi.

Tajriba natijalariga köra, mintaqada bir neça sohalar yaxşilandi – oziq-ovqat, soğliqni saqlaş, ta'lim va sanitariya. Davlat yordamini oluvçi fuqarolar olti marotaba köproq göşt iste'mol qila boşlagan bölişsa, yangi sabzavotlarni iste'moli 888 foizga ortdi. Tajriba iştirokçilari soğliği ham tabiiyki yaxşilandi, ular yaxşiroq işlab, öqiy boşladi.

Subramanyanning hisob-kitoblariga köra, kafolatlangan asosiy daromad miqdori yiliga 7620 rupiy (113 AQŞ dollari)ni taşkil etişi lozim. Bu summa juda kam bölsa-da, biroq mamlakatdagi qaşşoqlikda kun keçiruvçi aholiga yordam berişi şubhasiz. Agarda Hindistonning 75 foiz aholisiga davlat yordamini körsatiş haqida qaror qabul qilinsa, bunga yalpi içki mahsulotning 5 foizi kerak böladi. Subramanyanning ma'lum qilişiça, mablağlar asosan amaldagi 950ta ijtimoiy yordami dasturlariga taqsimlab berilgan pullardan olinadi.

Ayni damda Hindistonda oziq-ovqat mahsulotlari, benzin va hattoki öğitlarga köplab yordam pullari beriladi. Biroq ularning tölovi yomon tartibga solinadi. 

Hindiston moliya vaziri Arun Jyetli çorşanba kuni kafolatlangan asosiy daromad – bu “ajoyib ğoya” ekanligini ma'lum qildi.

“Muammo şundaki, Hindiston siyosati bunga hozirça tayyor emas”, - deya qöşimça qilgan u.