Toşkent şahrida avtomobillarga pult orqali öğirlikka tuşgan ikki nafar jinoyatçi qölga olindi. Qurilma maşinalar signal beriş tizimi signalini qabul qilib olib, şundan söng transport vositasini oçib bergan. Bu haqda “Na postu” gazetasi xabar berdi.

Ma'lum bölişiça, jinoyatçilar Toşkent şahrining Bektemir tumanidagi nomi keltirilmagan bozor yonida taşlab ketilgan maşinalarga öğirlikka tuşib, 1 million 400 ming sömni ömarişgan.

Gazetaning yozişiça, jinoyatçilar qölga olingan. Ularga qanday jazo tayinlangani haqida ma'lumot keltirilmagan.