Özbekistonlik fermerlar, agrosanoat kompleksi mutaxassislari va olimlari uşbu sohadagi tajribani örganiş maqsadida Vetnamga ketişdi. 

2017 yil 7–13 fevral kunlari Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari, qişloq va suv xöjaligi vaziri Zoir Mirzayev rahbarligidagi delegatsiya Vetnam Sotsialistik respublikasida rasmiy taşrif bilan böladi. Bu haqda Özbekiston qişloq va suv xöjaligi vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Taşrifdan közlangan asosiy maqsad, ikkala mamlakat örtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş, qişloq xöjaligi va hududlarni rivojlantiriş, aholi bandligini ta'minlaş borasidagi Vetnam tajribasini örganişdir.

Delegatsiya tarkibi qişloq xöjaligi sohasi mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, şuningdek, fermerlardan iborat.

Vetnam aholisi soni böyiça dunyoda 13-örinda turadi. U yerda 76 mln kişi istiqomat qiladi. Şundan 34 mln kişi mehnatga layoqatli hisoblanadi. Garçi sönggi bir neça ön yillarda respublika sanoati jadal sur'atlarda rivojlanayotgan bölsa-da, agrar soha iqtisodiyotning asosiy böğinlaridan biri bölib qolmoqda. Qişloq xöjaligining YaIM (yalpi içki mahsulot)dagi uluşi 21 foizni taşkil etadi. Mehnatga yaroqli aholining 50 foizga yaqini qişloq xöjaligi bilan şuğullanadi. Har bir oila 1 gektardan bir neça gektargaça bölgan yerlarga işlov berişadi.