Toşkent şahrida Muqimiy va Bunyodkor köçalari çorrahasi 11−23 fevral kunlari hududda yöl ötkazgiç qurilayotgani munosabati bilan transport vositalari harakatlanişi uçun yopiladi. Bu haqda «Toşşahartransxizmat» kompaniyasi matbuot xizmati ma'lum qilgan.

Haydovçilardan körsatilgan muddatda şaharning boşqa köçalaridan foydalaniş iltimos qilingan. Jamoat transporti marşrutlarining özgarişi kutilmoqda. Qöşimça ma'lumotlar keyinroq e'lon qilinadi.

Umumiy uzunligi 900, balandligi 6, kengligi 24 metr bölgan 6 polosali mazkur yöl ötkazgiç nafaqat haydovçilar va piyodalarga, balki şu yerda yaşayotgan aholiga ham bir qança qulayliklar yaratadi.

Köprikning ikki tomonida piyodalar uçun umumiy uzunligi 131,6 metr bölgan ikkita yer usti ötiş yölagi ham barpo etilmoqda. Yoğin-soçinli kunlarda himoyalaniş moslamalari örnatişga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Toşkent şahrining Bunyodkor va Muqimiy köçalari kesişmasida yangi yöl ötkazgiç qurilişi boşlanadi

Fotoreportaj: Toşkentning Bunyodkor va Muqimiy köçalari kesişmasida yangi yöl ötkazgiç quriliş işlari boşlab yuborildi