Gap shundaki, aralash estafetaning uchinchi qismida Rossiya terma jamoasi safida qatnashgan Aleksandr Loginov navbatni to‘rtinchi ishtirokchi Anton Shipulinga topshirayotgan paytda Fransiyadan to‘rtinchi bo‘lib startga chiqqan Furkad Loginovning chang‘isini tepib o‘tdi va uning yiqilishiga sababchi bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, Aleksandr Loginov ikki yil muqaddam Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan ikki yilga musobaqalardan chetlatilgan va jazo muddatini o‘tab yana terma jamoa safiga qaytgandi. Marten Furkad esa uning sportga qaytishini keskin qoralagan, bir necha marotaba bu borada tanqidiy fikrlar bildirib kelayotgandi.











