Fransiyalik biatlonçi Marten Furkad ketma-ket yettinçi marta biatlon böyiça Jahon kubogida boş sovrinni qölga kiritdi.

Bu natija orqali 29 yoşli sportçi norvegiyalik afsonaviy biatlon ustasi Ule Eynar Byorndalenning natijasini yangiladi. Byorndalen şu paytgaça 6 karra jahon kubogi boş sovrini —billur globus sohibi bölgandi. Ötgan yilgi mavsumda u bu rekordni takrorlagandi.

Furkad joriy mavsumda ötkazilgan 20ta bosqiç poygalarida biror marta ham kuçli uçlikni tark etmadi. Ularning 11tasida ğalaba qozondi.

Rossiyaning Tyumen şahrida davom etayotgan Jahon kubogining sönggi bosqiçi, sönggi kundagi mass-start (ommaviy start) poygalari oldidan 1116 oçko töplab, umumiy reytingdagi asosiy raqibi Yohannes Byoni 92 oçkoga ortda qoldirib ketdi vva muddatidan oldin boş sovrinni qölga kiritdi.