Ikki karra Olimpiya chempioni Marten Furkad WADA ma'lumotlar bazasidan o‘g‘rilangan ma'lumotlarning navbatdagi qismi chop etilishiga izoh berdi.
23 sentabrda Fancy Bears xakerlik guruhi ma'lumotlarning 5-qismini chop etdi, ro‘yxatda taqiqlangan moddalarni qabul qilishga ruxsat olgan navbatdagi 41 sportchi nomi keltirilgan.
"Yuqori natijalar ko‘rsatiladigan sport turlarida kasalmandlar haddan tashqari ko‘pmasmi?", deb kinoya qilgan sportchi.















