Buyuk Britaniyaning Debenhams supermarketlarida hijoblar doimiy sotiladigan liboslar röyxatiga kiritildi. Şu bilan u mamlakatdagi musulmonlar libosi savdosini rasman boşlagan birinçi yirik savdo tarmoğiga aylandi. 

Daily Mail naşrining yozişiça, musulmonlar uçun liboslar va boş kiyimlarning keng tanlovi London, Mançester va Lesterdagi qator dökonlarda böladi. Xususan, Londonning Oksford-strit köçasidagi markaziy dökondagi hijoblar, köylaklar, römol va aksessuarlar Aab savdo belgisi bilan taqdim etiladi. Bu firma "zamonaviy va kamtar ayollar libosi işlab çiqariş bilan şuğullanadi".

Aab firmasining qayd etişiça, u Debenhams bilan hamkorlikni rivojlantirib, Britaniyadan taşqarida ham, jumladan Dubay, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Eron, Indoneziya va Malayziyada ham öz dökonlarini oçişni rejalaştirgan.