BMT boş kotibi Antoniu Guterreş va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Istanbulda ötgan ilk uçraşuvlarida Suriya, Iroq va Kiprdagi vaziyatni tartibga solişni muhokama qilişdi.
Ta'kidlanişiça, Guterreş Ostonada Suriya böyiça ötkazilgan muzokaralar uçun Erdöğanga minnatdorçilik bildirgan. U "Suriyada terrorçilikka va ekstremistlarga qarşi kuraşiş zurarligini" ta'kidlab ötgan va "bu sa'y-harakatlar Suriya xalqi tomonidan qöllab-quvvatlanadigan siyosiy yeçimlarsiz muvaffaqiyat qozonmasligini" aytgan.
Ostonada 23-24 yanvarda ötgan muzokaralarda Rossiya, Eron va Turkiya Suriyadagi yaraşuvning kafolatlovçilari sifatida u yerda öt oçişni töxtatiş tartibini nazorat qiluvçi uç tomonlama mexanizmni yaratişga kelişib olişgan. Suriya böyiça yangi muzokaralar dastavval 8 fevralga belgilangandi, biroq BMTning Suriya böyiça maxsus elçisi Staffan De Mistura ularni 20 fevralga qoldirgan.
Guterreş Erdöğan bilan muloqot davomida Iroqning Mösul şahri va boşqa hududlarini terrorçilardan ozod qiliş operatsiyasi va Kiprdagi vaziyatni tartibga soliş jarayoni masalalarini kötargan.
"Boş kotib suriyalik va iroqlik qoçqinlarni qabul qilişda Turkiya körsatgan oliyhimmatlikni yuqori baholagan", deb aytildi xabarda.












