Turkmanistonda mahalliy vaqt bilan soat 19:00da (Toşkent vaqti bilan ham - tahr.) respublika prezidentligi uçun saylovda ovoz beriş jarayoni yakunlandi.

Endilikda saylov komissiyasi ovozlarni hisoblaşni boşlaydi.

MSK ma'lumotiga köra, mahalliy vaqt bilan soat 17:00da saylov uçastkalariga 3 million 4 ming 779 kişi, yoki umumiy saylovçilarning 94,17 foizi kelgandi. Yakuniy davomat esa 97,27 foizni taşkil qildi.

Saylov uçaskalari ertalabki soat 07:00da oçildi, ovoz beriş Turkmanistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari va konsullik muassasalarida ham bölib ötdi.

Turkmaniston prezidenti lavozimiga 9 kişi, jumladan amaldagi prezident Gurbanguli Berdimuhammedov ham da'vogarlik qilmoqda. 

Saylov jarayonini mahalliy va xalqaro kuzatuvçilar kuzatib borişdi.