Bugun erta tongdan Andijon şahridagi Bobur maydoni şoh va sarkarda, benazir şoir, jahon madaniyati rivojiga munosib hissa qöşgan hamyurtimizning 534 yillik tavallud kunini nişonlaş uçun taşrif buyurganlar bilan gavjum böldi.

Viloyat hokimligi vakillari, mehmonlar, ziyolilar va talaba-yoşlar sohibi devon haykali poyiga guldastalar qöyişdi. 

Tadbirda söz olgan viloyat hokimi örinbosari Manzuraxon Yunusova, Özbekiston yozuvçilar uyuşmasi raisi, xalq şoiri Muhammad Ali, Afğoniston Respublikasi ilmiy-madaniy markazi raisi, Boburşunos olim Azizillo Arol, yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimi rahbari şoira Xurşidabonular Zahiriddin Muhammad Bobur qoldirgan adabiy-ilmiy meros jahon adabiyotining nodir xazinalari sifatida asrlar davomida e'zozlanib kelinayotgani haqida sözladilar. Zulfiya mukofoti sohibasi, yoş şoira Saidabonu Abdusalomova hamda talabalar şoir ijodidan namunalar öqişdi. 

Şoirning dilbar ğazallari, purma'no ruboiy va masnaviylari, nomini dunyoga maşhur qilgan “Boburnoma”si, musiqa ilmiga doir durdona asarlari uning naqadar serqirra ijodkor egasi ekanligidan darak beradi. Badiiy nasrning betakror namunasi bölgan “Boburnoma” tarixiy-memuar asari jahonning 70 dan ortiq mamlakatlari muzeylaridan joy olgan. Bu şoh asarning 30dan ortiq tilga tarjima etilgani uning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolatdir. 

Tadbirlar doirasida “Boği Bobur” majmuasida ilmiy konferensiya hamda “Nazm va navo” keçasi bölib ötdi. 

Elmurod Ermatov, Kun.uz muxbiri