Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Partiya viloyat kengashi raisi: Biz ko‘p yillardan beri o‘z faoliyat mezonlarimizni yetarli darajada o‘zgartirmadik
O‘zMTDP (Milliy tiklanish demokratik partiyasi) Surxondaryo viloyat Kengashining navbatdagi kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan 2016 yil yakunlari, amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2017 yilda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama etildi.
Dastlab Majlisni kirish so‘zi bilan O‘zMTDP Surxondaryo viloyat Kengashi raisi B.Xudayqulov ochib berar ekan, siyosiy partiya sifatida davlat, jamiyat va elektorat manfaatlariga mos faoliyat mezonlarini belgiladikmi, degan savol bilan majlis ishtirokchilariga murojaat qilib, biz ko‘p yillardan beri o‘z faoliyat mezonlarimizni yetarli darajada o‘zgartirmadik, deya ta'kidlab o‘tdi. – Oqibatda yangilikka intilish, tashabbuskorlik, zamonaviy siyosiy loyihalarni ishlab chiqish va tadbiq etishda oqsoqlikka yo‘l qo‘ydik. Ayniqsa, ko‘p yillardan buyon partiyaning faoliyati va ish mezoni asosan tadbir o‘tkazishda deb bilib kelganimiz – partiyaning asosiy maqsadlarini amalga oshirishga xalaqit bermoqda. Bunday ish usuli va yondashuvga endi qaytilmaydi, tamoman o‘zgacha ruh va mazmundagi, yangicha format va ko‘rinishdagi – tadbirlar tashkil etamiz. Bunda tadbirning sifati, mazmuni, ta'sirchanligi va tadbirda ishlab chiqiladigan yangi g‘oya, fikr, tashabbus – bosh mezonga aylanadi, – dedi B.Xudoyqulov.

Yig‘ilishda O‘zMTDP Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi kotibi Husniddin Rajabov so‘zga chiqib, 2017 yilning Prezidentimiz tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilingani O‘zMTDP zimmasiga ham katta mas'uliyat yuklaydi, xususan, bunda barcha darajadagi deputatlik birlashmalari hamda partiya viloyat kengashining ishini yuqori bosqichga olib chiqish, faoliyatni amalga oshirishning mexanizmlarini takomillashtirish, eng muhimi xalq orasiga kirib borish barchamizdan yuksak mas'uliyatni talab etadi, – deya ta'kidladi.

– Xalqimizni o‘ylantirayotgan masalalarning yechimiga e'tibor qaratish, ular bilan hamnafas bo‘lish, og‘irini yengil qilishdagi tashabbus hamda xalq vakili nomiga sodiqlik avvalo partiyamizga, qolaversa yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga fuqarolarning ishonchini orttiradi, – dedi H.Rajabov.
Plenumda xalq deputalari viloyat, tuman, shahar Kengashlardagi partiya guruhlari va deputatlari faoliyatini tubdan o‘zgartirish va kuchaytirish masalasini asosiy vazifa sifatida O‘zMTDP ish rejasiga kiritilishi belgilab olinib, tahlil ham aynan shu masalaga qaratildi.
Bugungi kunda Xalq deputatlari viloyat Kengashida 7 nafar va tuman (shahar) Kengashlarida 70 nafar partiyadan saylangan deputatlar faoliyat yuritmoqda.
Hisobot davrida xalq deputalari viloyat va tuman, shahar Kengashlarida mavjud 12 partiya guruhlaridan atigi 3tasi, ya'ni Uzun, Qiziriq va Sherobod tuman Kengashlaridagi partiya guruhlari sessiyalar kun tartibiga masalalar kiritish hamda tegishli qarorlar qabul qilinishiga erishdi.

Jumladan, 2016 yilning 5 avgust kunida xalq deputatlari Uzun Kengashidagi partiya guruhlariga partiyamiz Saylovoldi platformasida belgilangan muhim vazifalardan kelib chiqib, xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi sessiya yig‘ilishiga “Uzun tumanidagi madaniy meros obektlarining xozirgi kundagi ahvoli to‘g‘risida”gi masala kiritildi va tegishli qaror qilinishiga erishildi.
Bundan tashqari, 2016 yilning 19 oktabr kunida xalq deputatlari Qiziriq Kengashidagi partiya guruhlariga partiyaning Saylovoldi platformasida belgilangan muhim vazifalardan kelib chiqib, xalq deputatlari Qiziriq tuman Kengashi sessiya yig‘ilishiga “Qiziriq tumanidagi madaniy meros obektlarinig inventarizatsiyadan o‘tkazish, o‘rganish, ro‘yxatini ishlab chiqish saqlash va foydalanish maslalari to‘g‘risida”gi masala kiritilgan va Qiziriq tumani Madaniyat va sport ishlari bo‘limi boshlig‘i E.E.Alimardonovning ma'ruzasi malumot uchun qabul qilingan hamda tegishli qaror chiqarilishiga erishilgan.
Deputatlik faoliyatining yana bir muhim yo‘nalishi bu fuqarolar murojaatlari hamda qonunlar va hukumat qarorlarining ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari bilan murojaat etib, muayyan vazifalarni hal etishdir.
Partiya viloyat Kengashi tomonidan olib borilgan tahlillar natijasiga ko‘ra, 2016 yilda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga partiyamizdan saylangan deputatlar tomonidan 471ta deputatlik so‘rovlari amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2015 yilga nisbatan 60taga ko‘paygan.
Fuqarolar murojaatlari asosida deputatlik so‘rovlarni amalga oshirishda Angor, Sherobod, Uzun, Muzrabot, Sho‘rchi tumanlarida xalq deputatlari Kengashlaridagi deputatlar bir qator ijobiy natijalarga erishgan.
Lekin, 2016 yil davomida xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Oltinsoy hamda Termiz tuman kengashlaridagi partiya guruhi a'zolarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatida ancha pasayish kuzatilib, sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani aniqlandi.
Shuningdek, o‘tkazilgan tahlillar Qonun va hukumat qarorlari ijrosi yuzasidan deputatlik so‘rovlarini amalga oshirishda o‘tgan yilga nisbatan 70taga pasayish kuzatilib, barcha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari deputatlar tomonidan ushbu yo‘nalishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan. Deputatatlik guruhlari o‘zlarining qonunchilik tomonidan taqdim etilgan vakolatlaridan yetarlicha foydalanishi, xususan, davlat dasturlarining ijro etilish yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirilishi joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etilishiga olib kelishi qayd etilgan.
Muzokaralarda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a'zosi Sh.Aripova, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati D.Normurodova kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirishdi.
Nargiza Shaydullayeva
O‘zMTDP Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot kotibi
Mavzuga oid
08:29 / 01.12.2025
SIPRI hisoboti: Ukrainadagi urush fonida qurol savdosi tarixiy maksimumga chiqdi
10:03 / 13.11.2025
2025 yil III choragi: ishsizlar ulushi 4,9 foiz
13:12 / 14.05.2025
Dunyoda o‘z davlati ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 83 mlndan oshdi
15:05 / 07.03.2025