Germaniyaning amaldagi kansleri Angela Merkel mamlakat aholisi orasida maşhurlik darajasi böyiça Yevroparlament sobiq rahbari, kansler lavozimiga nomzodlardan biri Martin Şultsni 1 foizga ortda qoldirmoqda. Bunday ma'lumotlar Stern jurnali va RTL teleradiokompaniyasi buyurtmasi bilan Forsa ijtimoiy tadqiqotlar instituti tomonidan ötkazilgan sörovda keltirildi.

Xabar qilinişiça, agarda GFR kansleri saylovlari ayni damda ötkazilganda, mamlakatning 38 foiz aholisi öz ovozini Merkelga, 37 foizi esa Şultsga bergan bölardi. Şu tariqa, Merkelning reytingi bir haftada 1 foizga ösdi, Şultsni qöllab-quvvatlovçilar soni esa avvalgi darajada qolgan.

"Şults Merkelning örnini egallaşi uçun hozir işonçli dasturni taqdim etişi kerak", - deya ma'lum qildi Forsa instituti rahbari Manfred Gyullner.

Germaniya Sotsial-demokratik partiya reytingi ham özgarmadi – uni sörovdan qatnaşganlarning 31 foizi qöllab-quvvatlaydi. Merkel boşçiligidagi Xristian-demokratlar va Xristian-sotsiallar ittifoqi partiyalarining birgalikdagi ittifoqi sotsial-demokratlarni 3 foizga ortda qoldirmoqda. “Germaniya uçun muqobillik” partiyasi avvalgi hafta bilan soliştirganda 1 foizni yöqotgan bölsa, undan keyingi örinlarda “Söllar” va “Yaşillar” bormoqda – ularda mos ravişda 8 va 7 foiz bor.

Sörovnoma 5-10 fevral kuni ötkazilgan bölib, unda 2,5 mingdan ortiq inson qatnaşdi.

Germaniyada bundestag saylovlari joriy yilning 24-sentabr kuni bölib ötadi.