Germaniya hukumatining keng qamrovli davlat dasturi doirasida 2017 yil 1 martidan xususiy investorlar va munitsipal hokimiyatlar quvvatlaş terminallarini barpo qiliş uçun hukumat subsidiyalariga ariza topşirişlari mumkin.
Ajratilgan 300 mln yevroning uçdan biri qimmat turadigan va elektrokarlarni qisqa vaqtda quvvatlaydigan terminallarni örnatişga sarflanadi. Ulardan 5 ming dona örnatiş rejalaştirilgan. Yana 100 million yevro 10 mingta şoxobçadagi oddiy quvvatlaş uskunalari uçun xarjlanadi.
Subsidiya oluvçilarga ikkita asosiy talab ilgari surilmoqda. Unga köra, terminallar 7/24 tartibida işlaşi va elektrenergiyasini muqobil manbalar (quyoş, şamol energiyasi)dan olişi kerak.
Nemis tölqinining yozişiça, mazkur dastur 2020 yilgaça bölgan davrga möljallangan hamda Germaniyada elektromobillarni ommalaştirişga qaratilgan çoralar töplamining bir qismi hisoblanadi. Uni GFR hukumati 2016 yilda tasdiqlagan edi.











