Özbekistonda keng qamrovli avtomobil yöllari tarmoğini yanada rivojlantiriş, yuksak xalqaro talablarga javob beradigan transport kommunikatsiyalari tizimining xalqaro transport yölaklariga keng integratsiyalaşuvini ta'minlaş, avtomobil yöllarini loyihalaştiriş, quriş, ta'mirlaş va saqlaşga yönaltiriladigan davlat moliyaviy resurslaridan samarali foydalaniş, şu bilan birga, yöl korxonalari tuzilmasini takomillaştiriş va faoliyat samaradorligini oşiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yöl jamğarmasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Qarorda: 

– Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasi huzurida Umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini quriş va rekonstruksiya qiliş direksiyasini taşkil etiş; 

– “Özavtoyöl” davlat aksiyadorlik kompaniyasining Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy yöllardan foydalaniş taşkilotlarini Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasining hududiy boş boşqarmalari etib qayta taşkil etiş; 

– Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasining Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yöllari hududiy boş boşqarmalari huzurida mintaqaviy yöllarga buyurtmaçi xizmatini belgilangan tartibda taşkil etiş; 

– Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasining Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yöllari hududiy boş boşqarmalari huzurida mintaqaviy avtomobil yöllarini ta'mirlaş böyiça ixtisoslaştirilgan korxonalar taşkil etiş nazarda tutiladi. 

Şuningdek, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş maqsadida Toşkent avtomobil yöllarini loyihalaştiriş, quriş va foydalaniş instituti hamda ixtisoslaşgan kasb-hunar kollejlari Özbekiston Respublikasi avtomobil yöllari davlat qömitasi tarkibiga berilmoqda. 

Ayni vaqtda qişloq avtomobil yöllari, şaharlar, şahar posyolkalari, qişloqlar va ovullar köçalarining holati bilan boğliq bölgan bir qator muammolar hal etilmasdan qolmoqda, uşbu avtomobil yöllarining aksariyat qismi belgilangan sifat va xavfsiz harakatlaniş talablariga javob bermaydi. 

Yangi turar joy mavzelarining barpo etilişi, şaharlarning kengaytirilişi, transport vositalari sonining jiddiy köpayişi mintaqaviy avtomobil yöllari holatini tubdan yaxşilaş yuzasidan amaliy çora-tadbirlar körişni talab qiladi. 

Tuman va şaharlarning yöl taşkilotlari yöl-ta'mirlaş texnikasi, moddiy-xomaşyo resurslari bilan yetarli darajada ta'minlanmagan, har yili ajratilayotgan mablağlar xöjaliklararo qişloq avtomobil yöllarini, şaharlar, şahar posyolkalari, qişloqlar va ovullar köçalarini zarur darajada saqlaş va ta'mirlaş işlarining sifatli bajarilişini ta'minlaş uçun yetarli emas. 

Şu munosabat bilan mintaqaviy avtomobil yöllarining yöl qoplamalari holatini zarur darajaga keltiriş va ularni ekspluatatsiya qiliş xususiyatlarini oşiriş orqali yöl-transport infratuzilmasini yanada takomillaştiriş, aholining hayot faoliyati uçun, ayniqsa, qişloq joylarda qulay şart-şaroitlar yaratiş, şuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini va hududlarini istiqbolli rivojlantiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yöllarini rivojlantiriş dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi. 

Dasturda quyidagi vazifalar nazarda tutilgan: 

2017-2018 yillarda 5454 kilometr, jumladan, 2017 yilda – 2700 kilometr, 2018 yilda – 2754 kilometr xöjaliklararo qişloq avtomobil yöllari, şaharlar, şahar posyolkalari, qişloq va ovullarning köçalarini kapital va joriy ta'mirlaş; 

xöjaliklararo qişloq avtomobil yöllari, şaharlar, şahar posyolkalari, qişloq va ovullarning köçalarini joriy ta'mirlaş işlarini bajariş uçun mintaqaviy yöllarni ta'mirlaşga ixtisoslaştirilgan taşkilotlarni 330 ta yöl texnikasi bilan ta'minlaş; 

mavjud respublika xöjaliklararo qişloq avtomobil yöllari, şaharlar, şahar posyolkalari, qişloq va ovullar köçalarini bosqiçma-bosqiç xatlovdan ötkaziş va ularni pasportlaştiriş, bu boradagi işlar natijalari böyiça elektron ma'lumotlar bazasini yaratiş. 

Şu bilan birga, Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça 295 kilometr, Andijon viloyati böyiça – 324 kilometr, Buxoro viloyati böyiça – 439 kilometr, Jizzax viloyati böyiça – 222 kilometr, Qaşqadaryo viloyati böyiça – 679 kilometr, Navoiy viloyati böyiça – 216 kilometr, Namangan viloyati böyiça – 309 kilometr, Samarqand viloyati böyiça – 479 kilometr, Surxondaryo viloyati böyiça – 535 kilometr, Sirdaryo viloyati böyiça – 267 kilometr, Toşkent viloyati böyiça – 516 kilometr, Farğona viloyati böyiça – 520 kilometr, Xorazm viloyati böyiça – 321 kilometr va Toşkent şahri böyiça – 332 kilometr yöllar va köçalarni ta'mirlaş nazarda tutilgan. 

Yuqoridagi qarorlarning amalga oşirilişi quyidagi masalalarni hal qiliş imkonini beradi: 

birinçidan, yöl xöjaligini boşqariş tizimini takomillaştiriş, umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarining zamonaviy tarmoğini yanada rivojlantiriş; 

ikkinçidan, umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini saqlaş, ta'mirlaş, rekonstruksiya qiliş va quriş işlariga yönaltirilayotgan mablağlardan foydalaniş samaradorligini oşiriş; 

uçinçidan, loyihalaştiriş va yöl-quriliş işlari sifatini oşiriş imkonini beradigan tölaqonli buyurtmaçi xizmatini taşkil etiş; 

törtinçidan, yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan yöl qurilişi işlarida, yöl-quriliş materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni işlab çiqarişda texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilişini nazorat qiliş; 

beşinçidan, umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini quriş, rekonstruksiya qiliş, ta'mirlaş, jihozlaş hamda ulardan foydalaniş çora-tadbirlarini tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq öz vaqtida moliyalaştiriş; 

oltinçidan, avtomobil yöllarini, ayniqsa, qişloq avtomobil yöllarini rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş işlarini amalga oşirişda yangi tuzilma, yaşaş uçun qulay ijtimoiy-maişiy şart-şaroitlar yaratiş, mamlakatimiz aholisining turmuş darajasini yaxşilaş; 

yettinçidan, Toşkent avtomobil yöllarini loyihalaştiriş, quriş va foydalaniş instituti va kasb-hunar kollejlari negizida, jumladan, bevosita işlab çiqariş korxonalarida, laboratoriyalarda va ilmiy-loyiha taşkilotlarida amaliy maşğulotlarni tizimli taşkil etiş yöli bilan ta'lim sifatini oşirişni ta'minlaş va umuman, soha uçun professional kadrlarni tayyorlaş; 

sakkizinçidan, mintaqaviy avtomobil yöllarini saqlaşga tegişli xodim va mutaxassislarni jalb etgan holda, yöllarni ekspluatatsiya qiladigan taşkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş; 

töqqizinçidan, avtomobil yöllarini pasportlaştiriş va yöllarning joriy holatini aks ettirgan holda, elektron ma'lumotlar bazasini yaratiş.