Bu yil 7 ming kilometr umumiy foydalanişdagi yöl hamda 231 ta köprikni quriş va ta’mirlaş, 13 ming kilometr tuproq köçalarga şağal yotqiziş, 400 kilometr sement qoplamali yöllar quriş, magistrallar böyida 72 ta servis majmuasi taşkil etiş rejalaştirilgan. Taqdimotda mutasaddilar şular haqda axborot berdi.

Yangi loyihalarni belgilaşda yöllarning hozirgi holati va qatnov darajasiga e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda xalqaro moliya taşkilotlari bilan hamkorlikda 1 ming 200 kilometr yölni rekonstruksiya qiliş böyiça 6 ta yirik loyiha amalga oşirilmoqda.

Endi yana 4 ta loyiha boşlanişi közda tutilgan. Xususan, Törtköl va Beruniy şaharlarini aylanib ötuvçi A-380 magistralini rekonstruksiya qiliş, Qoraqalpoğiston va Xorazmda 516 kilometr mahalliy yöllarni töliq ta’mirlaş, Termiz – Denov hamda Sirdaryo – Baxt oraliğidagi yöllarni sement-beton qoplamali qilib quriş rejalaştirilgan. Bu loyihalarga Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki mablağlari yönaltiriladi.

Davlat rahbari eng muhim masala yöllarni sifatli saqlaş ekanini ta’kidladi. Yöl böylarida infratuzilmani rivojlantirib, aholiga qulayliklar yaratiş böyiça topşiriqlar berdi.

Qamçiq dovonida statsionar nazorat posti işga tuşirilgan. Buni yuk taşiş oqimi yuqori bölgan boşqa yöllarda ham taşkil qiliş zarurligi qayd etildi.

«Avtomobil yöllari töğrisida»gi qonun yangi tahrirda işlab çiqiladi. Unda, jumladan, «avtomobil yöllarini rejalaştiriş» mexanizmini joriy etib, yöl infratuzilmasini aholi va iqtisodiyotning ösib borayotgan ehtiyojlariga mos ravişda rivojlantiriş nazarda tutilmoqda. Yöllarni loyihalaştirişda aholi fikri va atrof-muhitga ta’sirini inobatga oliş hamda piyodalar uçun tösiqsiz muhitni yaratiş böyiça qat’iy talablar örnatilmoqda. Kommunikatsiya tarmoğini qurişda yölning avvalgi holatini tiklaş xarajatlarini qoplaş şarti kiritilmoqda.

Pulli yöllarning huquqiy asoslari, ajratilgan va yöl böyi mintaqalarida servis binolarini joylaştirişga oid talablar belgilanmoqda. Yöllarda katta hajmli va oğir vaznli transport vositalarining harakatlanişi tartibga solinmoqda.

Taqdimotda mutasaddilar muqobil yöllar quriş böyiça xususiy şeriklik loyihalari yuzasidan ham hisobot berdi.