Özbekistonda avtomobil yöllari sohasini zamonaviy talablar asosida tartibga solişga qaratilgan «Avtomobil yöllari töğrisida»gi qonun qabul qilindi. Hujjat yöl xöjaligi sohasidagi yagona huquqiy asoslarni belgilab, avtomobil yöllarini rivojlantiriş, ulardan samarali foydalaniş va xavfsizligini ta’minlaşga xizmat qiladi.

Qonunga muvofiq, avtomobil yöllari umumiy foydalanişdagi, şaharlar va boşqa aholi punktlari köçalari hamda xöjalik ahamiyatiga ega yöllarga ajratiladi. Şuningdek, yöllarni davlat mulki sifatida boşqariş, ularni rivojlantiriş va saqlaş böyiça davlat organlarining vakolatlari aniq belgilab berilgan.

Hujjatda avtomobil yöllarini loyihalaş, quriş, rekonstruksiya qiliş, kapital va joriy ta’mirlaş, texnik xizmat körsatiş hamda ularni saqlaşning huquqiy asoslari mustahkamlangan. Yöllardan foydalanişda harakat xavfsizligi, muhandislik infratuzilmasini muhofaza qiliş va atrof-muhitni asraşga oid talablar ham belgilangan.

Şuningdek, qonunda avtomobil yöllari sohasidagi davlat nazorati, yöllarni muhofaza qiliş tartibi, yöl böyidagi himoya mintaqalari, muhandislik kommunikatsiyalarini joylaştiriş va yöllardan foydalanişda yuridik hamda jismoniy şaxslarning huquq va majburiyatlari ham aks etgan.

Qonunning qabul qilinişi avtomobil yöllarini boşqariş tizimini takomillaştiriş, sohadagi munosabatlarni yagona huquqiy asosda tartibga soliş, yöllar sifati va xavfsizligini oşiriş, şuningdek, transport infratuzilmasini barqaror rivojlantiriş uçun huquqiy zamin yaratadi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.