Prezident Şavkat Mirziyoyev 9 dekabr kuni avtomobil yöllari sohasida amalga oşirilayotgan işlar va kelgusi rejalar yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Oxirgi uç yilda sohada bajarilgan işlar, moliyalaştiriş hajmi va amaliy natijalar haqida ma’lumot berildi.

Taqdimotda sohada mavjud muammolarni hal etiş yuzasidan taklif va rejalar taqdim qilindi. Avvalo, mavjud umumiy foydalanişdagi va içki yöllar hamda köpriklarni ta’mirlaş, yangilarini barpo etişda ilğor tajriba va jahonda özini oqlagan texnologiyalardan foydalaniş sustligi körsatib ötildi.

Kelgusi yillarda 21 ming kilometr yöllarni quriş va ta’mirlaş, 14 ming kilometr tuproq yöllarni şağallaştiriş hamda 325 ta köprikni ta’mirlaş rejalaştirilgan. Bunda xorijiy ekspertlar va texnologiyalarni keng jalb qiliş, ilğor standartlarni joriy qilgan holda işni taşkil etiş topşirildi.

Oğirligi me’yordan ortiq yuk avtomaşinalarining harakatlangani oqibatida 1800 kilometr yöl ta’mirtalab holga kelib qolgani körsatib ötildi.

Şu munosabat bilan yuk transporti vaznini nazorat qiliş uçun ölçov tarozilari tarmoğini kengaytiriş zarurligi qayd etildi. Hozirda 9 ta şunday tarozi örnatilgan, 8 tasini örnatiş işlari davom etmoqda. Kelgusida yana 35 ta köçma va statsionar nazorat-ölçov maskanini barpo etişga topşiriq berildi.

Mutasaddilarga oğirlik va gabarit nazorati bilan boğliq barça jarayonlarni qamrab olgan idoralararo elektron axborot tizimini işga tuşiriş topşirildi. Şuningdek, ob-havo şaroitlaridan kelib çiqib, oğir vaznli transport vositalari harakatlanişini mavsumiy çeklaş tartibini işlab çiqiş taklif etildi.

Bugungi kunda yangi yöllarning 61 foizini, “Taşabbusli budjet” doirasida esa içki yöllarning 92 foizini xususiy sektor qurmoqda. Uzoq yillar davlat monopoliyasida bölgan yöllarni saqlaş işlari ham bosqiçma-bosqiç xususiy şeriklikka berilmoqda. Bu işlarni kengaytirib, kelgusi yilda 3 ming kilometr, 2030 yilga borib esa 6,3 ming kilometr yöllarni saqlaşga tadbirkorlarni jalb qiliş rejalaştirilgan. Şuningdek, Osiyo taraqqiyot banki iştirokida 86 ta tumanda quriladigan yöllarni töliq mahalliy pudratçilarga beriş zarurligi körsatib ötildi.