Aral Sea Operating Company qöşma korxonasi ta'sisçilari öz xohişiga köra uning faoliyatini tugatiş haqida qaror qabul qilişdi. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.

Kompaniya ma'lumotiga köra, Aral Sea Operating Company qöşma korxonasi iştirokçilari korxonani öz xohişlariga köra tugatiş haqida qaror qabul qilişgan. Kompaniya Orol dengizining Özbekistondagi qismida geologiya-qidiruv işlarini olib borgan.

2006 yilning avgustida Özbekiston hukumati va «Özbekneftgaz», Rossiyaning «LUKOYL Oversiz», Malayziyaning Petronas, Koreyaning KNOC hamda Xitoyning CNPC kompaniyalari tarkibidagi xalqaro konsorsium uşbu loyiha böyiça 40 yilga möljallangan kelişuv imzolaşdi.

2011 yilning mayida konsorsiumdan Petronas çiqqan bölsa, 2013 yilning sentabrida – KNOC tark etdi. Ayni damda «Özbekneftgaz»ning konsorsiumidagi uluşi 33,4 foizga teng bölsa, CNPC va «LUKOYL Oversiz» - 33,3 foizga ega. Kelişuv talablariga köra, Özbekistonning kelişuvdagi minimal uluşi birinçi bosqiçda 50 foizni taşkil etadi.