Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi taşabbusi bilan Vatanimiz bayroğini yuksakka kötarib, yurtimiz dovruğini dunyoga yanada keng yoyayotgan sportçilarimiz hayotiga nazar taşlaş va ularning faoliyatini tarğib etiş maqsadida "Zamonamiz qahramonlari" rukni taşkil etildi.

Şunday ezgu ğoyaning amaliy isboti sifatida kuni keça "Mashhur-Press" naşriyoti mazkur ruknning birinçi kitob-albomini çop etdi. Uşbu birinçi kitob Rio-2016 yozgi olimpiadasi çempioni Hasanboy Dösmatovning hayoti va faoliyatiga bağişlangan. Uşbu ruknda naşr etilişi közda tutilgan kitoblar yoşlarda Vatanga muhabbat hissini kuçaytirib, sportga bölgan qiziqişlarini ortişiga katta hissa qöşadi, degan umiddamiz.