Özbekiston Qurolli Kuçlarida harbiy xizmatçilarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi işlab çiqildi.
Hujjatdan közlangan maqsad harbiy xizmatçilarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş, maʼnaviy-axloqiy fazilatlari, intellektual salohiyati va dunyoqaraşini yuksaltiriş, şuningdek milliy va jahon adabiyotining sara namunalarini keng tarğib qilişdan iborat.
Loyiha bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvçilar uyuşmasi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti hamda Yoşlar işlari agentligining Qurolli Kuçlar tarkibidagi harbiy qism va muassasalar kutubxonalarini 1 million nusxadagi badiiy adabiyotlar bilan taʼminlaş töğrisidagi taklifiga rozilik beriş nazarda tutilgan.
Loyihaga köra, Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya 1 million nusxadagi adabiyotlarni xarid qiliş böyiça buyurtmaçilar etib belgilanadi.
Kitoblarni Qurolli Kuçlar tarkibiga kiruvçi vazirlik va idoralar örtasida alohida taqsimot asosida ajratiş közda tutilgan.
Masʼul vazirlik va idoralarga bir oy muddatda harbiy qism va muassasalar kutubxonalari uçun xarid qilinadigan kitoblar röyxatini tasdiqlaş vazifasi yuklanişi mumkin.
Röyxatga harbiy xizmatçilar örtasida vatanparvarlik, fidoyilik va mehnatsevarlik kabi fazilatlarni tarğib etuvçi badiiy, tarixiy, harbiy-vatanparvarlik, ilmiy-ommabop va sohaga oid adabiyotlar kiritilişi nazarda tutilgan.
Loyihada muddatli harbiy xizmatçilar tomonidan öqib-örganilişi lozim bölgan qator asarlar ham alohida körsatilgan.
Jumladan:
- «Alpomiş» dostoni;
- Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asari;
- Abdulla Qodiriyning «Ötgan kunlar» romani;
- Abdulhamid Çölponning «Gözal Turkiston» va «Xalq dengizdir» asarlari;
- Erkin Vohidovning «Özbegim» va «Inson» qasidalari;
- Abdulla Oripovning «Özbekiston» şeʼri;












