Buxoroda xalq deputatlari Kogon şahar kengaşi va Kogon tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, sessiyalarda viloyat hokimi Öktam Barnoyev qatnaşdi.
Har ikki sessiyada ham taşkiliy masala körildi. Xususan, şu vaqtga qadar Buxoro tumani hokimining sanoat, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjaligini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari sifatida işlab kelgan Farhod Mardonov Kogon şahri hokimi etib saylandi.
Kogon tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida esa öz arizasiga binoan, tuman hokimi S. Hamroyev vazifasidan ozod qilindi. Şu vaqtga qadar Oliy va örta maxsus, kasb-hunar ta'limini rivojlantiriş markazi kommunal xöjalik xizmati boşliği vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Yöldoş Jumayev tuman hokimi etib saylandi.











