13 fevral kuni Kuala-Lumpurda hayotdan köz yumgan Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning akasi Kim Çen Namning öğli otasi jasadini olib ketiş uçun bu şaharga yetib keldi. Bu haqda Yaponiyaning NHK telekanali mahalliy manbalarga asosan xabar bermoqda.

Ba'zi ma'lumotlarga köra, Kim Xan Sol Malayziya poytaxtiga seşanba kuni ertalab yetib kelgan va otasining jasadi saqlanayotgan kasalxonaga borgan. NHK’ning xabar berişiça, bu vaqt davomida kasalxonani qöriqlaş xizmati kuçaytirilgan, u yerga maxsus topşiriqli avtomatik qurolga ega 30-40 jangçi taşlangan. 

Telekanalning xabar berişiça, Kim Xan Sol kasalxonada saqlanayotgan marhum otasi ekanini tasdiqlagan. Şimoliy Koreyaning Malayziyadagi elçixonasi uning jasadini berişni talab qilmoqda. Biroq bu mamlakat hukumati marhum jasadi faqatgina uning yaqinlariga berilişini ma'lum qilgan. Ikki mamlakat örtasida kelib çiqqan mojaro tufayli Malayziyaning Pxenyandagi elçisi yurtiga çaqirib olindi.

14 fevral kuni Malayziya politsiyasi Kim Çen Namning ölimini tasdiqladi. Unga Kuala-Lumpur şahri aeroportida suiqasd qilişgan hamda kasalxonaga ketiş çoğida hayotdan köz yumgan. Huquqni muhofaza qiliş organi xodimlarining ma'lumotiga köra, u yer usti xizmati xodimlariga kuçli boş aylanişidan şikoyat qilib murojaat qilgan, şuningdek, noma'lum şaxs uning yuziga qandaydir suyuqlikni sepib yuborganini aytgan.

Boşqa taxminlarga köra, noma'lum ayol uning yuziga qandaydir modda bilan töyintirilgan matoni yaqinlaştirgan. Janubiy Koreya OAVlari zaharlangan ignalar yordamida hujum qilingani haqida xabar berişgandi. Biroq bu taxminlarning heç biri rasman tasdiqlanmadi.

Avvalroq Kim Çen Namga hujum qilinişiga oydinlik kirituvçi videolavha internet tarmoğida paydo bölgani haqida xabar bergandik.

Ma'lumot uçun, Kim Çen Nam – KXDR sobiq yetakçisi Kim Çen Irning katta öğli bölib, onasi taniqli mahalliy aktrisa Son Xe Rim hisoblanadi. 2001 yilning mayida u Yaponiyaga soxta pasport yordamida çiqib ketib, öşa vaqtdan beri xorijda istiqomat qilib kelgan.