Sönggi vaqtlarda dron, uçuvçisiz boşqariluvçi qurilma, muqobil transport vositasi kabi iboralardan köproq foydalanilayotgani sir emas. Uçuvçisiz boşqariluvçi qurilma deganda asosan havoda parvoz qiladigan, muqobil qurilma deyilganda yerdagi haydovçisiz öziyurar texnikalar tuşuniladi. Ammo, bu borada dengiz ostida ham şunday harakatlaniş vositalari mavjudligini unutmaslik lozim.
Biroq, havoda va suv ostida harakatlana oladigan gibrid qurilmalar haqida nima deysiz. Bundaylarini har doim ham uçratavermaysiz. Yaqinda Innocorp kompaniyasi özining SubMurres qurilmasini namoyiş etdi.
Gibrid apparati odatdagi havo uçuvçisiz parvoz qurilmalarining ayrim jihatlarini özida mujassam etgan: giroskoplar, uçiş uçun ikki juft parrak, havoda harakatlanişga yordam beruvçi «dum» bilan bir qatorda suvosti kemalariga xos xususiyatlarga ham ega. Xususan, çöziq dumaloq korpus, tik va yotiq «rullar», suyuqlikda çökiş va harakatçanlikni nazorat qiluvçi qurilmalar va hatto periskop şular jumlasidan. Uçiş uçun qöllaniladigan törtta parrak suvga tuşiş vaqtida yiğiladi va korpus içiga yaşirinadi. Bu esa, suvosti kemasining aerodinamik xususiyatini yaxşilaydi. Bundan taşqari, SubMurres turli datçiklar va kameralar bilan jihozlangan bölib, ular vositasida atrof-muhitdagi holat nazorat qilinadi hamda suratlarga olinib, ma'lumotlar yuboriladi.
Ta'kidlanişiça, uşbu muqobil suvosti va havo dronini energiya bilan ta'minlaşda dizel-elektr gibrid dvigatelidan foydalaniladi. Dvigatelning dizel qismidan qurilmani harakatga keltiriş va batareyalarni quvvatlaşda foydalaniladi. Şu bilan SubMurres uzoq vaqt mobaynida qöşimça quvvat oliş va yonilği quyişga ehtiyoj sezmaydi. Dvigatelning biror qismi işdan çiqqudek bölsa, soz qismi kömagida vazifa uddalanadi yoki ta'mirlaş uçun bazaga qaytiş mumkin böladi.
Bu gibridni qöllaş sohalari juda ham kengligi ta'kidlanmoqda. Razvedka amaliyotlaridan taşqari yuklarni suv ostiga yetkazib beriş, suv ostida turli xil tajribalarni ötkaziş, suv ostida qolgan turli buyumlar va obektlarni kötariş va quruqlikdagi bazaga keltiriş kabi vazifalarni uddalaş mumkin. Bundan taşqari, SubMurres gibridi masofadan boşqariladi.








