BMTning Xalqaro favqulodda bolalar jamğarmasi (YUNISEF) tört mamlakatda 1,4 million bola oçlik tufayli hayotdan köz yumişi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bunday vaziyat Janubiy Sudan, Nigeriya, Somali va Yamanda röy berişi mumkin. Ma'lumotlar BFMTV tomonidan taqdim etilgan.
Mutaxassislarning xulosasiga köra, Yamanda töyib ovqatlanmaslikdan 462 ming bola aziyat çekayotgan bölsa, Nigeriyada ularning soni 450 mingga teng. Somalida esa qurğoqçilik tufayli 185 ming yoş bola vafot etişi mumkin, bir neça oylardan söng ularning soni 270 mingga oşişi mumkin. Janubiy Sudanda ham xuddi şunça miqdordagi bola oçlikdan aziyat çekadi.
YUNISEF ijroçi direktori Entoni Layk fojianing oldini oliş uçun tezkorlik bilan harakatlar köriş lozimligini ma'lum qildi. «Biz hali ulardan köpini asrab qolişimiz mumkin», - degan u.
27 yanvar kuni BMTning favqulodda yordam körsatiş böyiça koordinatori Stiven ÖBrayyen Yamanda davom etayotgan harbiy mojaro öz qamrovi böyiça zamonaviy dunyodagi eng yirik oçarçilikka sabab bölişi mumkinligini ma'lum qilgandi. Amaldorning sözlariga köra, mamlakatning taxminan 10 million aholisi oziq-ovqat mahsulotlari yetişmovçiligidan aziyat çekmoqda. Yordamga muhtojlar orasida 2,2 million bolalar bor.












