Amerikaliklarning yarmidan ortiği Donald Trampning AQŞ prezidentligidagi birinçi oyda amalga oşirgan işlaridan norozi böldi. Bu Hill naşri buyurtmasiga köra ötkazilgan sörovnomada aks etgan.
NBC News/Survey Money tadqiqot kompaniyasi ötkazgan sörovnomaning körsatişiça, iştirokçilarning 54 foizi Trampdan noroziligini, 43 foizi esa prezident işidan qoniqiş hosil qilganini bildirgan.
Sörovnomada hukumat faoliyati haqida ham söralgan. Söraluvçilarning 42 foizi hukumat faoliyatidan noroziligini ma'lum qilgan, 32 foizi esa aksinça fikrda.
Trampdan prezidentligining ilk haftasida 7 davlat (Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan) fuqarolarining kirişini vaqtinçalikka çeklaş böyiça farmonini imzolagani böyiça fikrlar ham örganilgan.
Sörovnoma iştirokçilarining yarmidan köproği bu qarorni töğri deb bilgan, 47 foiz kişi bu qarorni ortga yöl deb baholagan.
Sörovnoma 13-19 fevral kunlari davomida ötkazilgan, unda 11,5 ming kişi iştirok etgan.












