Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi boğdorçilik, uzumçilik ilmiy-tadqiqot instituti (sobiq Şreder nomidagi ilmiy tadqiqot instituti) hududida bir oy içida 150 dan ortiq bir asrlik daraxtlar kesib olinib, noma'lum tomonga olib ketildi, deb yozmoqda Nuz.uz naşri.
Naşrning xabar qilişiça, ularga ilmiy-tadqiqot institutining sobiq işçisi murojaat qilib, qisqa vaqt içida institut hududida ommaviy ravişda köp yillik çinor, eman, şumtol, yonğoq va respublikada yagona bölgan kofe daraxti kesib taşlanganini xabar qilgan.


Guvohlarning aytişiça, daraxtlarni kesiş yanvar oyi boşida boşlangan bölib, bir oy davom etgan. Naşr kesiş işlari institut boş direktori taşabbusi bilan boşlangani haqida yozgan. Har dam oliş kunlari institut hududida köplab işçilar va texnika işlagan, ammo buni heç kim payqamagan. Institut işçilarining özi Prezident qabulxonasiga telefon qilişgan va “örmonni kesib taşlaşayotgani” haqida xabar berişgan. Şikoyat tabiatni asraş qömitasiga yuborilgan. Körsatilgan joyga çiqqan tekşiruv guruhi manzilni topa olmagan. Şundan söng heç kim bunga e'tibor bermagan.
Oradan bir qança vaqt ötib röy berayotgan holat haqida “veteranlar” – afsonaviy institutning ayni damda nafaqada bölgan sobiq xodimlari xabar topişgan. Aynan ular bu bilan kuraş boşlaşgan. Taxminan 10 nafar faol davlat rahbari qabulxonasiga kollektiv şikoyat yuborişadi hamda bir oy içida ilmiy-tadqiqot institutida röy bergan narsalar haqida batafsil ma'lumot berişgan. Bu vaqt davomida esa ozmunça işlar röy bermadi – turli tur va hajmdagi 150ga yaqin daraxt kesib taşlandi. Yuzlab kub metr ötin esa, institut xodimlarining sözlariga köra, Andijon viloyati davlat raqamlariga ega yuk maşinalarida olib çiqib ketilgan.

Kavlab olingan daraxt tönkalaridan katta çuqurlar qolgan. Kavlanmagan tönkalar fotosuratidan kesib taşlangan daraxtlarning mutlaq soğlom bölganini köriş mumkin.
"Biz bundan juda keç xabar topdik. Ular barça daraxtlarni allaqaçon kesib bölişgandi. Bu yerda endi faqat çuqur va tönkalar. Qanday azim daraxtlar edi, ularning ba'zilarini Rixard Şrederning özi, qolganini akademik Mahmud Mirzayev va bizlar öz qölimiz bilan ekkandik. Bu qonunbuzarlikka qarşi heç narsa qila olmaymiz. Tabiatni muhofaza qiliş qömitasi va prokuratura xodimlari göyoki bularni körişmayapti", - deya közida yoş bilan aytgan institutning sobiq xodimlaridan biri.

Voqea joyiga borgan naşr muxbiri haqiqatdan ham institut yölaklari böşab qolgani va hamma joyda çuqur hamda daraxt tönkalari qolganini körgan. Tönkasi kavlab olingan çuqur diametri 2 metr bölgan daraxtning böyi qança bölgankin? Savollar köp. Javoblar ham oydindek: daraxtlar bor edi – endi esa yöq. Albatta, ularni qaytarib bölmaydi, biroq kimdir javobgarlikka tortilişi kerak-ku.

Faollarning sözlariga köra, ular Prezident qabulxonasiga takroran murojaat qilişgan. Ikkinçi bor şikoyatga boşqaça nazar bilan qarab, bu vaziyatni örganişga kirişişdi. Ekologlarning taxminiça, yetkazilgan zarar – qariyb 57 million sömga teng. Aslida, yetkazilgan zararni heç qanday yöl bilan qoplab bölmaydi, biroq bozordagi yoğoç narxidan xabardor bölgan kişilarning hisob-kitoblariga köra, zarar miqdori ekologlar tomonidan aytilgan summadan 20 barobarga köproq. Ilmiy tadqiqot instituti rahbariyatining bildirişiça, ötinlar Bekoboddagi muhtojlarga yuborilgan. Bu holat juda qiziq, çunki muhtoj oilalarni yaqinroqdan ham topiş mumkin edi.
Ilmiy tadqiqot institutiga ketaverişda yöl böylab ötinlar bilan töla maşinalar turgan. Bunday ötinli bir yuk maşinasining narxi – 600 ming söm.

«Biz böş kelmaymiz va oxirigaça boramiz! Talab etilsa, barça taşkilotlarga uçinçi, törtinçi va beşinçi marta yozamiz. Men şu yerda tuğildim – ilmiy tadqiqot instituti hududida uyimiz bölgan. Bu yerda mening otam işladi, institutdan keyin esa men ham mehnat qildim. Men uçun bu institut xuddi ikkinçi uydek, men esa öz uyimni himoya qilaman», - deya aytib ötdi ilmiy-tadqiqot institutining boşqa bir sobiq xodimi.
Institut işçilarining aytişiça, ITIda işlar u qadar yaxşi emas: muassasa özini-özi qoplay olmayapti, daromad keltirmayapti, xodimlar esa tört oydan beri maoş olmagan. Turkiston tajriba stansiyasidan davlat darajadasidagi loyihaga qadar bölgan yölni bosib ötgan muassasadan ayni damda faqatgina nomi qolgan... va darvozalardagi belgi.


«Öz vaqtida bir gektaridan 75 tonna limon hosil olganmiz. Şarof Raşidovning özi ilmiy-tadqiqot institutiga kelib, har bir işçining qölini siqqandi. Öşanda biz Gruziyani sitrus mevalar yetiştiriş böyiça ortda qoldirgandik. Hozir esa qanday ahvol – bir neça intensiv boğlar va xususiy şaxslar tomonidan ijaraga olinuvçi issiqxonalar. Ilmiy tadqiqot instituti obrösi jiddiy darajada tuşib ketdi», - dedi yana bir institut xodimi.
Umid qilamizki, vaziyat yaxşilab örganib çiqiladi hamda yuzlab olimlarning yarim asr davomida qilgan mehnati natijasiga bunday vahşiylarça munosabatda bölganlarga nisbatan tegişli çoralar köriladi.











