Hindistonlik 25 yoşli mexanik Abiş Dominik taxminan 47 soniyada 124 ta kokosni qöli bilan "paqqos" yorib, yangi jahon rekordini örnatdi. Rekordçi hammasi bölib 145 ta kokosga zarba bergan, biroq ulardan faqatgina yorilganlari inobatga olingan. Bu boradagi avvalgi rekordni germaniyalik örnatgandi, u bir daqiqa içida 118 ta kokosni yorib taşlagandi. 

Daily Mail naşrining ta'kidlaşiça, Dominik bungaça qöllari bilan xokkey klyuşkalari va himoya şlemlarini parçalay olişi, maktab avtobusiga boğlangan arqonni tişlari bilan torta olişi kabi "iste'dodlari" tufayli nomi uç marta Ginness rekordlar kitobidan joy olgan. Dominik kokoslarni yorişi videosini Ginness rekordlar kitobiga jönatdi va uning sahifalaridan 4-marotaba joy olişga umid qilmoqda.