Joriy yilning fevral oyidan e'tiboran Özbekiston Respublikasining Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi hududiy organlari rahbarlarining virtual qabulxonalari işga tuşdi. Bu haqda qömita rasmiy sayti xabar berdi.

Endilikda jismoniy va yuridik şaxslar xususiylaştiriş, davlat mulki obektlarini ijaraga oliş, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati, iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş, bankrotlik, birja, baholaş va riyeltorlik faoliyati va boşqa masalalar böyiça murojaatlar yoki şikoyatlarining joyida tezkor hal etilişi uçun qabul.gkk.uz manzili yordamida virtual qabulxonalarga murojaat qilişi mumkin böladi.

Eslatib ötamiz, 2016 yilning 7 noyabr kunidan Özbekiston Respublikasining Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi raisining virtual qabulxonasi işga tuşgandi. Jismoniy va yuridik şaxslar online.gkk.uz manzili orqali öz murojaatlarini yuboriş imkoniyatiga ega bölgan edi.