Milliy statistika qömitasi ma’lum qilişiça, joriy yilning birinçi yarmida Özbekistonga turistik maqsadlarda 6 million 565 ming 410 nafar çet el fuqarosi kelgan.
Hisobot davrida mamlakatga jami 205 ta davlat fuqarolari taşrif buyurgan.
Jinsi böyiça tahlil qilinganda, turistlarning 3 million 627 ming 564 nafari erkaklar, 2 million 937 ming 846 nafari esa ayollar ekani qayd etilgan.
Yoş toifalari kesimida esa eng katta uluşni 31–55 yoş oraliğidagi turistlar taşkil etgan. Bu toifadagi mehmonlar soni 3 million 390 ming 402 nafarga yetgan.
Şuningdek:
- 0–18 yoş - 777 ming 620 nafar;
- 19–30 yoş - 1 million 89 ming 647 nafar;
- 56 yoş va undan kattalar - 1 million 307 ming 741 nafarni taşkil etgan.
Keltirilgan ma’lumotlar Özbekistonga taşrif buyurayotgan xorijiy sayyohlar orasida mehnatga layoqatli va faol yoşdagi fuqarolar uluşi yuqori ekanini körsatmoqda.












