Ispaniya çempionatining 16-tur qoldirilgan uçraşuvida «Valensiya» «Real»ni qabul qilib kiçik sensatsiya qayd etdi.
Simone Dzadza va Orelyana tomonidan dastlabki 10 daqiqada kiritilgan golga Kriştianu Ronaldu bitta gol bilan javob qaytardi. Biroq buyoğiga madridliklarning kuçi yetmadi va jamoa çempionatdagi ikkinçi mağlubiyatini tan olişga majbur böldi.
Uşbu mağlubiyatdan keyin «Real» 52 oçko bilan birinçi örinda qoldi. Endi jamoa «Barselona»dan bitta kam uçraşuv ötkazgan holda 1 oçkoga oldinda bormoqda. «Valensiya» esa uşbu ğalabadan keyin 26 oçko töplab 14-öringa kötarilib oldi.
Ispaniya La-ligasi, 16-turning qoldirilgan uçraşuvi
Valensiya – Real Madrid 2:1 (2:1)
Gollar: Dzadza (4), Orelyana (9) – Ronaldu (44).
Valensiya: Diyego Alves, Garay, Gayya, Joau Kanselu, Mangalya, Parexo, Peres, Orelyana (Soler, 56), Nani (Sikeyra, 39), Dzadza (Suares, 74), Munir.
Real Madrid: Navas, Varan (Naço, 73), Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Modriç (Vaskes, 76), Xames (Beyl, 62), Ronaldu, Benzema.
Ogohlantirişlar: Dzadza (19), Karvaxal (29), Munir (43), Peres (54), Varan (59), Mangalya (67), Parexo (90+1).












