«Real» Madrid va Belgiya milliy terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya çempionatining 10-turidan örin olgan «Barselona» klubiga qarşi uçraşuvni ötkazib yuboradi. Bu haqda «qaymoqranglilar» klubi rasmiy saytida xabar qilindi.

Xabarda aytilişiça, darvozabon öyin oldidan grippga çalingan.

Uning örniga jamoa qaydnomasiga 19 yoşli ukrainalik darvozabon Ilya Voloşin kiritilgan.

«Barselona» va «Real» örtasidagi uçraşuv 26-oktabr kuni «Spotifay Kamp Nou» stadionida bölib ötadi. Öyin Toşkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boşlanadi.

Ayni paytda «Barselona» 9 öyindan söng 27 oçko töplab, çempionat turnir jadvalini boşqarib bormoqda. «Real» esa 21 oçko jamğargan holda 3-örinda joylaşgan.