Ispaniyaning «Real Madrid» klubi Joze Mourinio boş murabbiy bölganini e’lon qildi.

Mutaxassis bilan 3 yillik şartnoma imzolandi. U jamoaga 13 iyulda, mavsumoldi öyinlari boşlanadigan kuni qöşiladi.

63 yoşli portugaliyalik «Benfika» klubidan «Real»ga ötdi va Alvaro Arbeloa örnini egalladi. Madridliklar Lissabon klubiga murabbiy uçun 15 million yevro tovon tölaydigan böldi.

Mourinio ikkinçi marta «Real»ga tayinlanmoqda. U 2010-2013 yillarda uşbu klubda işlagan va La Liga çempionligi, Ispaniya kubogi va Superkubogini qölga kiritgan edi. Şuningdek, u «Portu», «Çelsi», «Inter», «MYu», «Tottenhem» va «Fenerbahçe» klublarini ham boşqargan.