Sobiq ittifoqning birinçi va sönggi prezidenti Mixail Gorbaçyov Germaniyadagi villasini sotuvga qöydi, deb xabar bermoqda Süddeutsche Zeitung naşri.

Gorbaçyov 10 yil avval sotib olgan Hubertus-Schlössl villasi Tegernze köli sohilida joylaşgan.

3 qavatli villaning maydoni 600 kvadrat metrni, unga yondoş hududning maydoni esa 2,6 ming kvadrat metrni taşkil qiladi. Villa 1908 yilda qurilgan va 100 yil ötibgina ilk marta restavratsiya qilingan.  

Naşrda villaning aniq narxini keltirilmagan, biroq ma'lumotlarga köra, uning narxi bir neça million dollarga yetadi.