Toşkent şahrining Olmazor tumani tezkor xodimlari Buxoro viloyatidan bölgan 33 yoşli şaxsni qölga olişdi. U ikkinçi sinfda öqiydigan qizçani zörlamoqçi bölgan, deb xabar bermoqda Nuz.uz.
Xabarda aytilişiça, duşanba kuni mahalliy vaqt bilan 22.30larda Olmazor tumani IIBga 159-raqamli maktabning 2-sinf öquvçisi ota-onasidan ariza kelib tuşgan. Qizça ota-onasining xabar berişiça, qizlarini noma'lum erkak zörlamoqçi bölgan.
«Noma'lum erkak bolani özining velosipediga ötqizib, Sebzor mavzesidagi 9 qavatli binolardan biriga qarab yöl olgan. U qizçani çerdakka olib çiqqan hamda maktab öquvçisi otasi militsiyada işlaşini aytib baqirganidan söng, qörqib ketgan erkak uni taşlab, qoçib qolgan», - deya aytib ötişgan tezkor xodimlar.
Ertasi kuni Qora-qamiş mavzesida huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari tomonidan «Qopqon» amaliyoti ötkazildi. Olmazor tumanidagi «A'lo» restorani yonida taxminan 18.30larda şubhali erkak qölga olingan. U velosipedda bölgan. Tekşiruv jarayonida aniqlanişiça, u 1984 yilda tuğilgan Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanilik fuqaro ekan. Söroq paytida aynan u Sebzor mavzesida ikkinçi sinf öquvçisini zörlamoqçi bölgani aniqlandi.
Ayni damda ayblanuvçiga nisbatan barça hujjatlar töplandi hamda Olmazor tumani IIBga topşirilgan.












