Koreya Respublikasidagi Inha universiteti mutaxassislari Toşkent şahridagi Inha universiteti (IUT) dagi öquv jarayonini örganib, tahlil qiliş uçun Özbekistonga taşrif buyurdilar. Bu haqda IUT Axborot xizmati xabar bermoqda.
Delegatsiya tarkibidan Koreya Respublikasidagi Inha universitetining ta'lim böyiça qömita vakillari örin olişdi.
IUTga taşrif davomida Janubiy Koreyalik mutaxassislar Toşkent şahridagi Inha universitetidagi öquv jarayonini örganişdi. Tekşiriş natijalariga köra Koreya Respublikasidagi Inha universitetining ta'lim böyiça qömita vakillari IUTdagi öquv standartlariga yuqori baho berdilar hamda ilm dargohida öquv jarayonini yanada takomillaştiriş böyiça öz tavsiyalarini berişdi.
Mazkur taşrif doirasida Koreya Respublikasidagi Inha universiteti delegatsiyasi öquv jarayonida foydalaniş uçun 100 xil nomdagi öquv adabiyoti va laboratoriya uskunalarini topşirişdi.











