23 fevral kunining ikkinçi yarmida, Farğona viloyati, Farğona şahridagi «Farğonaazot» korxonasining ammiak sexida röy bergan portlaş böyiça navbatdagi xabarlar berildi.

«Kun.uz» Farğona viloyatidagi manbalar orqali olgan xabarlarga köra, bu portlaş oqibatida 6 kişi halok bölgan va 12 kişi jarohatlangan holda şifoxonaga yotqizilgan, ulardan biri oğir ahvolda qolmoqda. Ayni vaqtda tibbiy yordam olgan 11 kişiga uyiga ketiş uçun javob berilgan. 

Ularning barçasi ammiak sexida montaj-ta'mirlaş işlarini olib borayotgan işçilar bölgan. Qurbonlarning 3 nafari Farğona şahrida yaşagan, yana 3 nafari Toşloq tumanidan bölgan.

Bugun marhumlarning dafn marosimi ötkazilgan, jabrlanuvçilarning yaqinlariga tegişli yordamlar yetkazilgan.

Ayni vaqtda bu borada rasmiy ma'lumot berilmadi. Hodisa röy bergan kuni FVV öz saytida bu haqda bir jumla xabar beriş bilan çeklandi.

Hodisa sabablarini örganiş uçun hukumat komissiyasi iş olib bormoqda, zavod faoliyati vaqtinçalik töxtatilgan.