Iroq boş vaziri Haydar al-Obodiy Suriya hududida IŞID jangarilariga qarşi harbiy amaliyotlar ötkazişga buyruq berdi.

«Biz harbiy havo kuçlari samolyotlarini Suriya hududida IŞID marralarini bombalaş uçun yubordik», — deya hukumat rahbarining sözlarini keltirgan Al Sumaria telekanali.

Bundan oldinroq, 23 fevral kuni Iroq hukumati Mösul aeroporti jangarilardan ozod etilganini e'lon qilgandi.

Ötgan hafta Iroq poytaxti Bağdod şahrida ikkita qöporuvçilik harakati sodir etilgandi. Birinçi terakt oqibatida 15 kişi halok bölib, 50dan ortiq kişi jarohatlangandi. Keyinroq Bayaa tumanida avtomobil portlatilişi oqibatida 55 kişi halok bölib, 50dan ortiq kişi jarohatlandi.