Malayziya hukumati Kuala-Lumpur xalqaro aeroporti va bir qator boşqa obektlarni “radioaktiv” materiallarga tekşiruvdan ötkazmoqçi. Bu haqda Kim Çen Nam qanday zaharli modda bilan öldirilgani ma'lum bölgaç, politsiya rahbari ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda Reuters.

«Biz gumonlanuvçilar borgan barça joylarni tekşiruvdan ötkazişni möljallaganmiz. Şuningdek bizga yadro energetikasi departamenti mutaxassislari ham kömak beradi. Bu işlar radioaktiv material izi qolganini aniqlaş uçun ötkaziladi», - deya xabar berdi Malayziya politsiyasi boşliği Holid Abu Bakar.

Agentlikning ta'kidlaşiça, politsiya Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning ögay akasi Kim Çen Nam qotilli böyiça işda ilk bora “radioaktiv material" sözlarini işlatgan. 

Avvalroq Kim Çen In akasi qotilligida qanday zaharli modda qöllangani aniqlangani haqida xabar bergandik. Ma'lum qilinişiça, unga asab-falajlovçi ta'sirga ega bölgan kimyoviy qurol VX Nerve Agent orqali suiqasd qilingan.