Bugun, 23 fevral kuni poytaxtimizdagi Xalqaro biznes markazida Qozoğiston Respublikasi boş vaziri örinbosari A.Mamin boşçiligidagi delegatsiyaning Toşkentga taşrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlik böyiça 16-Hukumatlararo komissiya yiğilişi bölib ötdi.
Tadbir doirasida Özbekiston boş vazirining birinçi örinbosari, "Özbekiston temir yöllari" Aktsionerlik jamiyati boşqaruvi raisi Oçilboy Ramatov hamda Qozoğiston Respublikasi boş vaziri örinbosari Mamin Askar tomonidan ikki mamlakat örtasida bayonnoma imzolandi.
Tadbirda ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş uçun mavjud imkoniyatlardan töliq foydalaniş kerakligi alohida ta'kidlab ötildi. Özbekiston va Qozoğiston keng kölamli savdo-iqtisodiy, transport va energetika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirişdan manfaatdor ekani qayd etildi.
Ostona şahridagi "Markaziy Osiyo savdo uyi" boş direktori Alişer Mahmudov davlatlar örtasidagi özaro hamkorlikni baholab ötdi.
"2016 yilda "Özagroeksport" aksiyadorlik jamiyati hamda qozoğistonlik hamkorlar bilan Ostona şahrida "Markaziy Osiyo savdo uyi" taşkil etildi. Savdo uyini oçişdan közlangan asosiy maqsad, mamlakatlar örtasida tovar ayirboşlaşni yanada rivojlantirişdir.
Mazkur hamkorlik orqali har yili Özbekistondan turli mahsulotlar Qozoğistonga yetkazib beriladi. 2017 yil boşida biz Qozoğiston bozoriga ayni damda talabgir bölgan şarbatlarni yetkazib berişni boşladik. Yaqin kunlarda biz juda katta hajmdagi tovar ayirboşlaşni amalga oşiriş niyatidamiz. Ular orasida sabzi, karam, piyoz va boşqa sabzavotlarni uçratiş mumkin. Qozoğistonlik iste'molçilar va xaridorlar Özbekistondan keltirilgan toza ekologik meva-sabzavotlarni juda yaxşi körişadi. Ular orasida "Özbekistonda işlab çiqarilgan", "özbekça mahsulot" degan brend juda ommalaşgan. Biz katta gipermarket, supermarketlarga öz vaqtida mahsulot yetkazib berişni yölga qöyişda davom etamiz. Bu borada Ostonadagi eng yirik transport-logistika markazi yaqindan kömak berib kelmoqda.
Maqsadimiz - Qozoğiston va uning çegarasiga yaqin bölgan boşqa hududlar, jumladan, Omsk, Novosibirsk bozorlariga ham öz mahsulotlarimizni yetkazib beriş va özaro hamkorlikni yana taraqqiy ettirişdir".
Feruza Avazova tayyorladi












