Rossiya poytaxti Moskva şahri metropolitenining önlab quruvçilari iş taşlaş ötkazişdi. Ular oylik maoşlari tölanmaganidan ğazabda bölganlar. Ma'lumotlarga köra, işçilar beş oydan beri iş haqlarini olişmagan.
Xabarlarga köra, «Ingeokom» quriliş-montaj boşqarmasining yuzlab norozi işçilari – ular asosan Tojikiston va Özbekistondan bölgan muhojirlardir – boşqarma ofisi yonida yiğilib, işlab topgan pullarini berişlarini talab qilişgan.
Xodimlar oldiga çiqqan iş beruvçi ularning barçasi xorijiy fuqarolar ekani hamda iş taşlaşga haqlari yöqligini ma'lum qilgan.
Rossiya ommaviy axborot vositalarining ta'kidlaşiça, bu uşbu kompaniya bilan boğliq birinçi iş taşlaş emas. Avvalgisi bir yil avval röy bergan. Işçilar bepul işlaşda davom etişdan boş tortişgandan söng, ularning kartoçkalariga beş oylik maoşlari qaytarila boşlangan.
2016 yilning dekabrida esa QMB-77 işçilari bir yarim oy davomida iş taşlaş ötkazişgan hamda ular turli taşkilotlar, hokimlik, prokuratura, Mehnat inspeksiyasiga borişgan. 14 fevralda esa ularga iş haqlari tölab berilgan.












