Bazel tinçlik ofisi (Şveytsariya) ilmiy-tadqiqot instituti direktori Alin Vare Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev va “ATOM” loyihasining faxriy elçisi, rassom Karipbek Kuyukov nomzodini tinçlik böyiça Nobel mukofotiga ilgari surdi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.

Yadrosiz harakat böyiça faol Facebook’dagi sahifasida şu haqda yozgan. “Men joriy yilda Karipbek Kuyukov va Prezident Nazarboyev nomzodini ularni yadro qurolini yöq qiliş borasidagi sa'y-harakatlari uçun tinçlik böyiça Nobel mukofotiga ilgari surdim», - deya yozdi u. Alin Vare tomonidan keltirilgan mukofotga nomzodlar röyxatiga ilovada ta'kidlanişiça, Nazarboyev va Kuyukov nomzodini qöyiş haqidagi taklif britaniyalik siyosatçi Bill Kiddan ham kelib tuşgan.

Murojaatda ta'kidlanişiça, Nursulton Nazarboyev Qozoğiston yetakçisi sifatida yadro qurolsizlantiriş sohasida 22 yil davomida bir qator muhim taşabbuslarni qabul qildi. Prezident şuningdek, yadro qurolidan holi bölgan tinçlikka erişiş jarayoniga ta'sir körsatuvçi bir qator taşabbuslarni qabul qilişda davom etmoqda. Murojaat mualliflarining ta'kidlaşiça, Nobel tinçlik mukofoti bu jarayonlar ta'sirini oşiriş va global darajada qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi. Şu bilan bir qatorda, Karipbek Kuyukov faxriy elçisi bölgan ATOM loyihasi yadro qurolini dunyodan yöqotiş böyiça sa'y-harakatlar olib boradi. 

Kuyukov butun dunyo böylab BMT tadbirlarida iştirok etadi. U özini oyoq va lablari yordamida surat çizuvçi rassom deb ataydi, sababi onasining homiladorlik vaqti nurlanişi tufayli qöllarsiz dunyoga kelgan.