Suriya armiyasi jangçilari poytaxt Damaşq şahri atrofidagi hududda joylaşgan Kabun kvartalida harbiy amaliyot boşladi. Bu haqda "Al-Mayadin" telekanali xabar tarqatgan.

Ikki hafta muqaddam Suriya armiyasi boş qömondonligi buyruği bilan Kabunga varaqalar taşlangan, jangarilardan qurollarni topşirib, taslim böliş söralgandi. Aks holda, hukumat qöşinlari harbiy yuriş boşlanişidan ogohlantirilgandi.

Damaşqdan şarqdagi bu hudud ayni vaqtda "Ahror aş-Şom" va "Jabhot an-Nusra" jangarilari nazoratida hisoblanadi.