Suriyalik operator Xolid Xatib tomonidan suratga olingan «Oq dubulğalar» (White Helmets) qisqa metrajli hujjatli filmi «Eng yaxşi qisqametrajli hujjatli film» yönalişida AQŞ kinoakademiyasi mukofotiga sazovor körildi.
21 yoşli kinoijodkor Xolid Xatib AQŞ prezidenti Donal Trampning farmoni tufayli taqdimotga taşrif buyura olmadi.
AQŞ içki xavfsizlik vazirligi ma'lumotiga köra, taqiqqa Xatibga nisbatan topilgan «salbiy axborot» sabab bölgan.
40 daqiqa davom etuvçi lentada «Oq dubulğalar»ning 3 nafar xodimi haqida tasvirlanadi. Ular bombardimonlar ostida qolayotgan suriyaliklarga yordam beriş uçun Turkiyadan Suriyaga kelişadi. «Oq dubulğalar» a'zolari özlarini köngilli qutqaruvçilar deb ataşadi, ular Başar Asad rejimiga qarşi böladi.













