Iroqning Mösul şahrida IŞID jangarilari qöl ostida yuz minglab tinç aholi qolmoqda, deb ma'lum qildi Human Rights Watch huquqni himoya taşkilotining Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika departamenti katta tadqiqotçisi Belkis Ville.
"Hanuzgaça Mösulning ğarbiy qismida IŞID nazorati ostida yuz minglab tinç aholi qolmoqda. Bu odamlar oziq-ovqat, toza içimlik suvi, dori-darmonga katta ehtiyoj sezmoqda. Janglar davom etar ekan, bu odamlar uşbu narsalarsiz qançalik uzoq vaqt qolişlarini bilmaymiz", deb aytdi mutaxassis RT telekanali efirida.
Bundan taşqari, kim jangari, kim oddiy fuqaro ekanligini farqlaşda ham muammolar mavjud.
"Mösul köçalari böylab yurib, kim oddiy fuqaro, kim jangari ekanligini farqlaş juda murakkabdir", deb aytdi Ville.












