UYeFA prezidenti Aleksander Çeferin Brexit siyosatidan keyin Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan çiqişi futbolga qançalik zarar keltirişi haqida gapirib ötdi.
Bu yilgi Yevropa çempionlar ligasi finali aynan Qirollikka qaraşli Uels poytaxti Kardiff şahrida bölib ötadi. Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan çiqib ketadigan bölsa, mamlakat hududiga çet el fuqarolarining kiriş tartibi ham özgaradi va bu bir qator muammolarni keltirib çiqarişi mumkin.
«Britaniya hukumati qandaydir kriminal elementlar sabab mamlakatga kiriş tartibiga taqiqlar qöysa, buni yomon tomoni yöq. Ammo tasavvur qilib köring, Messi va Neymarning sud jarayoni tugamagani uçun ular Uelsga qöyilmasa nima böladi?
Bunday holatda britaniyalik futbolçilar boşqa mamlakatlarga çiqsa, yoki bu hududga çet ellik futbolçilarning kirişi ma'lum sabablar bilan taqiqlansa, bu katta muammoni keltirib çiqaradi. Yevropa böylab erkin harakatda barçasi boşqaça. Brexit davom etsa, barçasi özgarib ketadi», – degan Çeferin.
Eslatib ötamiz, ötgan yili «PSJ» futbolçisi Serj Ore ana şunday taqiq sabab «Arsenal»ga qarşi YeÇL uçraşuviga (2:2) bora olmagandi.












