Germaniya Kubogining çorak finali doirasida ötkazilişi belgilangan «Şportfroynde» va Dortmundning «Borussiya» jamoasi yomon ob-havo şaroiti tufayli ötkazilmay qoldi. 

Öyin boş hakami Feliks Brix öyindan oldin gazon holatini tekşirgan va bunday ob-havo şaroitida öyinni ötkazişning imkoni yöq deb hisoblagan. Öyinni qoldiriş qarori mahalliy muxlislar tribunalarga kelib joylaşgan vaqtda qabul qilingan.

Undan oldinroq «Borussiya» avtobusi Lotte şahridagi stadionga boriş yölida botqoqqa botib qolgan. Avtobusni traktor yordamida surişgan.