Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyaçisi Jud Bellingem faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

Nemis klubi rasmiy sayti angliyalik 19 yoşli yarimhimoyaçi Madridning «Real» klubiga transfer qilinayotganini rasman e’lon qildi. Bellingem uçun ispan klubi Germaniya jamoasiga 103 million yevro tölaydi. Şuningdek, kelişuvda transferning 30 foiz miqdori – 30,9 mln yevro qiymatida bonus ham kiritilgan. 

Eslatib ötamiz, Bellingem 2020 yil «Birmingem»dan 25 mln yevro evaziga «Borussiya» safiga borib qöşilgandi.

Ma’lumot uçun, Angliya milliy jamoasi yarimhimoyaçisi Bundesligadagi uç mavsum davomida 132 öyinda 24ta gol va 25ta assist qayd etgan.